Shifoxonada Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha ma’sul
| Qabul vaqti: | Dushanba-Juma: 09:00 -17:00 |
| Tel: | (99) 959-50-78 |
| Faks (Pochta): | 230108, Nu`kus shahri 55-101-35-86 |
| E-mail: | qqrdib@umail.uz |
| Manzil: | Nukus shaxri, Q. Ayimbetov №33 |
Satdinov Farkhat Abdrechovich
Respublika bolalar yuqimli kasalliklar shifoxonasida Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha masul xodim 2026-yil ichki buyriq asosida fevral oyida tashkil etilgan bo’lib, 1 ta masul xodim iborat. Mazkur nizomda bo’limning asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, xodimlarning funktsional vazifalari hamda javobgarligi belgilangan. Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini boshqarish, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo’naltirilgan bo’lib, o’z vakolatlari doirasida bevosita shifoxona bosh shifokoriga bo’ysunadi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Komplaens nazorat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limiga hisobot beradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga hamda shifoxonaning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Quyidagilar asosiy vazifalari hisoblanadi:
Shifoxonada korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish; shifoxona miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash; shifoxona korruptsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yunalishlar hamda korruptsiyaga oid huquq buzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash; shifoxona korruptsiya ko’rinishlari namoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish; shifoxonada korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korruptsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash; shifohonada korruptsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korruptsiyaga qarshi monitoring olib borish; korruptsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o’rganish hamda ilg’or jihatlarni tatbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; shifoxonada korruptsiyaning holati, tendentsiyalari va sabablari hamda korruptsiyaga qarshi choralar ko’rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish; Ma’sul xodim o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: shifoxonada korruptsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish; korruptsiyaga oid huquq buzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to’liq, sifatli va o’z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axvolini o’rganadi, natijalari bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash; shifoxonada “Korruptsiyasiz soxa” loyihasini amalga oshirish; shifoxonada korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritish; institutda korruptsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish; shifoxonanig boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv-yordamchi xodimlarining xatti-xarakatlaridagi korruptsiyaviy xavf xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko’rib chiqadi hamda o’rnatilgan tartibda chora-tadbirlar ishlab chiqish; shifoxonada korruptsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reestrini yuritib borish; davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to’qnashuvini taxlil qilishda va kontragentlarniig ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi va bu boradagi barcha hujjatlar bilan tanishib chiqish; institut xodimlari o’rtasida manfaatlar to’knashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi; shifoxona xodimlari o’rtasida muntazam ravishda profilaktik suxbatlar tashkil etib boradi; shifoxona faoliyatida korruptsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi, aholi o’rtasida so’rovlar, anonim izlanishlar o’tkazadi; so’rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korruptsiyaga qarshi kurashish targ’iboti bo’yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi; korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferentsiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi; shifohonada korruptsiyaga qarshi kurashish soxasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiii baholaydi;institutda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o’rganadi, shuningdek ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi; institutning rasmiy veb-saytida “Korruptsiyaga qarshi kurashish” bo’limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi; har chorakda va zaruratga ko’ra korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda shifoxonada korruptsiyaviy vaziyat haqida bosh shifokor hamda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limiga xisobot beradi; shifoxonada korruptsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, taxliliy materiallarni raxbariyatga hamda vazirlikka kiritib boradi.